Maxfiylik siyosati
Versiya 2026-11-05-v1. «Ovoz» — oʻzbekcha ochiq nutq sintezi (TTS) uchun koʻngillilardan ovoz yigʻish loyihasi (energyvision.uz).
Qanday maʼlumot yigʻiladi
- Google orqali kirishda: Google akkaunt identifikatori, email, ism va profil rasmi havolasi.
- Siz oʻqigan gaplarning ovoz yozuvlari (WAV) va ularning texnik koʻrsatkichlari (davomiylik, sifat).
- Ixtiyoriy: jins, yosh oraligʻi, viloyat.
- Oʻyin statistikasi: XP, kunlik yozuvlar soni.
- Taklif havolasi: sizni kim taklif qilgani (taklif qiluvchiga faqat taklif qilinganlar soni koʻrinadi).
Maqsad va asos
Maʼlumotlar faqat oʻzbekcha ochiq nutq texnologiyalari (TTS va boshqalar) modellarini oʻqitish va baholash uchun, platformadagi rozilik shakli asosida qayta ishlanadi. Ishtirok faqat 18 yoshdan kattalar uchun.
Ochiq dataset
Yozuvlar matni bilan birga CC0 litsenziyasida ochiq dataset sifatida (Hugging Face, AQSh) eʼlon qilinishi mumkin. Datasetga ism va email kirmaydi — faqat anonim diktor raqami va siz ixtiyoriy koʻrsatgan demografiya. Ovoz oʻz-oʻzidan shaxsni aniqlashi mumkin.
Qayerda saqlanadi
Cloudflare (D1, R2) serverlarida, Yevropa Ittifoqi yurisdiksiyasida — Oʻzbekiston hududidan tashqarida («Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonun, 27¹-modda). Kirish Google Identity Services orqali.
Reyting va ulashish (#OvozChellenj)
Reytingda (haftalik, umumiy) ism faqat «Ismim koʻrinsin» roziligi bilan va qisqa shaklda («Ali V.») koʻrsatiladi.
Viloyatlar bellashuvida faqat jamlangan sonlar koʻrinadi. Ulashish havolangiz (/s/…) sahifasida gaplar soni,
daqiqalar va daraja koʻrsatiladi; ism — faqat yuqoridagi rozilik bilan. Ulashish kartasi rasmi qurilmangizda yaratiladi va serverga yuborilmaydi.
Cookie
Faqat bitta zarur cookie — kirish sessiyasi (ovoz_sid, 30 kun). Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.
Saqlash muddati va huquqlaringiz
- Maʼlumotlar siz oʻchirmaguningizcha saqlanadi.
- Profil sahifasida istalgan yozuvni tinglash va oʻchirish mumkin.
- Akkauntni barcha yozuvlari bilan butunlay oʻchirish mumkin — serverdan darhol oʻchiriladi.
- Allaqachon eʼlon qilingan dataset versiyalaridan olib tashlash kafolatlanmaydi; keyingi versiyalarga kirmaydi.
Uchinchi tomonlar
Maʼlumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi. Xizmat koʻrsatuvchilar: Cloudflare (hosting), Google (kirish), Hugging Face (ochiq dataset).
Aloqa
Savollar va murojaatlar: energyvision.uz aloqa manzillari.